ELO 2025: O‘zbekiston Terma jamoasidan tarixiy muvaffaqiyat!
May 11, 2025
8-12-may kunlari ingliz tili fani bo’yicha 30 ga yaqin mamlakatdan 1500 ta o‘quvchi (130 jamoa) ishtirokida tashkil etilgan nufuzli Xalqaro Ingliz tili olimpiadasida O‘zbekiston Terma jamoasi ILK ISHTIROKIDAYOQ yorqin natijalarga erishdi.
Junior yo‘nalishi (6–10 yosh):
"Little champ" (Buxoro) jamoasi Buxoro shahridagi 29-maktab - “The Best Community Work: Impact” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.