school 29 school 29
10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talabalik imkoniyatini qo‘lga kiritdi
10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talabalik imkoniyatini qo‘lga kiritdi
May 18, 2026

Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Diyorbek Sunnatulloyev o‘zining bilimga chanqoqligi, intizomi hamda maqsad sari qat’iy intilishi bilan katta yutuqqa erishdi.

➡️ Iqtidorli o‘quvchimiz tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun talab etiladigan barcha fanlardan milliy sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritib, maksimal — 189 ball natijani qayd etishdi.

Ushbu yuqori natija ularga hali maktab partasidayoq muddatidan oldin talabalik imkoniyatini qo‘lga kiritish baxtini tuhfa etdi.

✨ Bu kabi yutuqlar yoshlarimizning bilim olishga bo‘lgan intilishi, ustozlarning samarali mehnati hamda ta’lim tizimida yaratilayotgan keng imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.

💫 O‘quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

TalTes