🔆Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchisi Muhammadali Sobirov yoshlar orasidagi faolligi, tashabbuskorligi hamda yetakchilik qobiliyati bilan alohida e’tirof etilib, Respublika miqyosida “Jasorat” yo‘nalishi sardori etib tayinlandi.
➡️Ushbu yuksak ishonch ramzi sifatida Muhammadaliga “Ishonch yorlig‘i” tantanali ravishda topshirildi.
🔵Ma’lumki, “Jasorat” yo‘nalishi yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish, jamiyatda faol pozisiyani shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda sardor etib tayinlanish esa katta ishonch va mas’uliyat demakdir.
✨Bu kabi yutuqlar yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
💫Muhammadaliga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar tilaymiz!